Sport | 15:13 / 18.01.2017
14593
1 daqiqa o‘qiladi

Messi va «Barselona» o‘rtasidagi shartnoma bo‘yicha yangi xabar paydo bo‘ldi

«Barselona» klubi rahbariyati jamoa hujumchisi Lionel Messi bilan bog‘liq vaziyatni imkon boricha tezroq bartaraf etishni istamoqda. Bu haqda Sport nashri xabar yozgan.

Manba bergan xabarga ko‘ra, kataloniyaliklar klubi yanvar oyining oxiriga qadar Argentina terma jamoasi sardoriga yangi shartnoma taklifi bilan chiqishni reja qilmoqda.

Oldinroq ko‘k-anorranglilar jamoasi prezidenti Xosep Maria Bartomeu bu borada optimistik kayfiyatda ekanini va futbolchi bilan shaxsan gaplashib olgani haqida gapirib o‘tgandi.

Messining «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2018 yilning yozida nihoyasiga yetadi.

Mavzuga oid