Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Germaniya elchisi bilan uchrashuv o‘tkazildi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Germaniya Federativ Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Naytxart Xyofer-Vissing bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
“O‘zbekiston – Germaniya” parlamentlararo guruhi rahbari Rustam Komilov mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalardagi hamkorlik izchil rivojlanib borayotganini ta'kidladi.
– O‘zbekiston Germaniyaning eng muhim strategik hamkorlaridan biri, – dedi Naytxart Xyofer-Vissing. – Mamlakatingiz Markaziy Osiyoda osoyishtalik va farovonlik mustahkamlanishiga salmoqli hissa qo‘shmoqda. O‘zbekistonda qonun ijodkorligi jarayonini yanada rivojlantirishga qaratilgan islohotlar alohida e'tiborga molik. Amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar xalqingiz farovonligini yanada oshirishga xizmat qiladi. Biz turli yo‘nalishlardagi hamkorligimizni rivojlantirish niyatidamiz.
Uchrashuvda mehmonlarga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, qo‘mitalar, fraksiyalar va deputatlik guruhlarining faoliyati to‘g‘risida ma'lumot berildi.
Mavzuga oid
10:30 / 24.12.2024
Germaniya Kiyevga keng qamrovli yangi qurollar paketini taqdim etadi
18:40 / 21.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyerga ta’ziya yo‘lladi
08:03 / 21.12.2024
Germaniyada mashina rojdestvo bozoridagi kishilar ustiga haydaldi
22:59 / 19.12.2024