Atrofimizdagi olam har 100 yilda emas, har yili o‘zgarmoqda. Bizning soatlarimiz, ko‘zoynaklarimiz, mashinalarimiz va hatto xonadonlarimiz allaqachon "aqlli" bo‘lib ulgurdi, oldinda bizni nimalar kutayotganini bilishni xohlaysizmi? AdMe.ru kelajak dunyosi qanday bo‘lishiga doir 11 ilmiy tushunchani to‘pladi.

Ekosayohatlar

Ekoturlar, ekoparvozlar, ekomehmonxonalar, ekoko‘ngilochar maskanlar - borgan sari ko‘proq odamlar "eko" old qo‘shimchasi qo‘shilgan sayohatlarni afzal ko‘rishmoqda. Siz xorijdagi hashamatli mehmonxona yoki shinamgina uyda dam olasiz, shu bilan birga bolalarni mahalliy maktabda ingliz tiliga o‘qitasiz, fillarni parvarish qilasiz yoki meva fermasida nok terishga yordamlashasiz.

Barcha tabiiy narsalar qimmatlashmoqda, borgan sari ularning qadri oshmoqda, tabiat va an'analar saqlanib qolgan yer uchastkalari esa diqqatga sazovor joylarga aylanmoqda.

Uzoq yashaymiz

Tibbiy texnologiyalar asta-sekinlik bilan mutlaqo yangi darajaga ko‘tarilmoqda. Biz gadjyetlar yordamida puls va  qand miqdorini o‘lchaymiz, shuningdek o‘z salomatligimizga oid ko‘rsatkichlarni smartfon ekranida ko‘rishimiz mumkin. Plastik operatsiyalarga bo‘lgan talab kamaymoqda, barcha amaliyotlar oddiy va deyarli og‘riqsiz inʼeksiyalar yordamida bajarilmoqda.

Vahima soluvchi tibbiy uskunalar asta-sekinlik bilan gadjyetlar hajmigacha ixchamlashmoqda, funksiyalar soni esa o‘smoqda. Organizmni to‘liq tashxisdan o‘tkazish uchun shifokorga borish va bir talay tahlillar topshirishga hojat qolmaydi, mobil qurilmaning o‘zi yetarli bo‘ladi.

Har qanday predmetni chop etish mumkin bo‘ladi

Mashinalar detallari, musiqiy asboblar, mebel va hatto zamonaviy liboslar kolleksiyasi - 3D-printer ixtiro qilingandan beri unda nimalarni chop etishmadi deysiz. Masalan, Janubiy Kaliforniyada elektr energiyasi va suv ta'minoti bo‘lgan butun boshli uyni chop etishga qodir gigant printer mavjud.