12:47 / 19.01.2017
7363

Doimo qo‘l ostida bo‘luvchi quvvatlovchi kabel yaratildi

Ba'zida smartfonning tashqi ko‘rinishi uning akkumulyatorini uyda bo‘lmaganda quvvatlash imkoniyatidek muhim emas. EZ Charge g‘ilofi iPhone 6/s, 6/s Plus, 7 va Plus smartfonlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, 2000 mA-soat lik qo‘shimcha akkumulyator va tarmoqdan quvvatlanish uchun vilkadan iborat. Vilka 71 santimetrlik shnurga o‘rnatilgan. Bularning barchasi g‘ilof korpusiga yashiringan va bu smartfon o‘lchamlarini biroz oshiradi. Ishlab chiqaruvchi g‘iloflarni kulrang, qora, oq ranglarda ichki o‘rnatilgan batareyasiz 25 dollardan, batareya bilan 45 dollardan taklif qilmoqda.

EZ Charge standart kabelning yaxshigina muqobili bo‘lishi mumkin. Quvvatlash moslamasini sumka yoki tortmadan izlashga hojat qolmaydi, u doimo qo‘l ostingizda va g‘ilof ichida ixcham joylashtirilgan bo‘ladi.

 

Top