23:38 / 19.01.2017
11152

Dunyoning eng nopunktual aeroportlari ma'lum qilindi

Foto: Shutterstock

Yangi yilning birinchi haftasida butun dunyoda 15 249 ta reys bekor qilingan va 161 360 ta reys kechiktirilgan.

Yevropada parvozlar jadvalidagi jiddiy to‘xtashlar Istanbuldagi Otaturk nomidagi aeroportda qayd qilingan.

Shimoliy Amerikada joylashgan Sharlott/Duglas 2017 yilning ilk haftasida 505 reysni bekor qilgan va 1,3 ming parvozni kechiktirgan. Bu ko‘rsatkichlar AQShning Xartsfild-Jyekson aeroportida mos ravishda 445 va 2,5 ming reysni tashkil qilgan.

Bu haqda FlightStats agentligi mutaxassislari ma'lum qilishdi. Ular 2017 yilning ilk haftasida parvozlarni eng ko‘p bekor qilgan va kechiktirgan aeroportlarni aniqlashdi.

AQShning 40 shtatida 2017 yil boshida shtormdan ogohlantirish qilingan. Shimoliy Amerikaga bu davr ichida bekor qilingan barcha reyslarning yarmi to‘g‘ri keladi (7,6 mingdan ko‘proq reys).

Yevropada esa jiddiy to‘xtashlar Istanbuldagi Otaturk nomidagi aeroport parvozlar jadvalida kuzatilgan. Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, bu yerda 606 ta reys bekor qilingan va 378 reys kechiktirilgan. Istanbulning Sabixi Gekchen nomidagi boshqa bir aeroportida 91 reys bekor qilingan va 302 reys kechiktirilgan.

Osiyoda Xitoyning ikkita aeroporti – Xenan viloyatidagi Chjenchjou Sinchjen va Chjendin aeroportlarida muammolar yuzaga kelgan. Ikkala aeroportda umumiy hisobda 550 ta reys bekor qilingan va 1,1 mingta reys kechiktirilgan.

FlightStats talqiniga ko‘ra, 2016 yilning eng punktual aviakompaniyasi Ispaniyaning Iberia’si bo‘lgan.

Mavzuga oid
Top