21:50 / 19.01.2017
20967

Eronlik ayol sportchi sportzalda selfiga tushgani sabab qamoqqa tushdi

Eronlik ayol bodibilder sportzalda tushgan selfisini chop etgandan keyin hibsga olindi, deb xabar bermoqda Daily Mail nashri.

Ayolning kalta yengli futbolkada tushgan surati davlat qoidalarining buzilishi deb topildi. Nashrning ta'kidlashicha, sportchi qamoqda qolmoqda, chunki garov pulini to‘lab bera olmagan.

Eronda hattoki boshyalang ayol ham "yalang‘och" deb hisoblanadi. Bundan tashqari, jamoat joylarida tananing ochiq joylarini, misol uchun, oyoq va qo‘llarni ko‘rsatish taqiqlangan. 

Ayolning ismi ma'lum qilinmagan, biroq mahalliy OAV fikricha, bu xalqaro musobaqalarda ishtirok etgan eronlik ikki ayol bodibilderdan biri – Shirin Nobahoriydir.

 

Mavzuga oid
Top