03:33 / 19.01.2017
20618

Ispaniya kubogi. "Real"ning g‘alabasiz seriyasi 3ta o‘yinga yetdi

Ispaniya kubogining 1/4 finalida "Real Madrid" o‘z uyida "Selta"ni qabul qildi. Biroz avval 40ta o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz seriyani amalga oshirgan mezbonlar ketma-ket ikkinchi o‘yinda mag‘lub bo‘lishdi. 

Dastlab hisobni "Selta" ochdi – 64-daqiqada mehmonlar hujumchisi Aspas jamoasini oldinga olib chiqdi. 69-daqiqada Marseloning goli evaziga "Real" hisobni tenglashtirdi, biroq oradan 1 daqiqa o‘tib, Kastro mehmonlarga g‘alaba keltirgan golni kiritdi. 

Real Madrid – Selta 1:2 (0:0, 1:2)
Gollar:
0:1 – 64 Aspas, 1:1 – 69 Marselo, 1:2 – 70 Kastro.
Real Madrid – Kasilya, Varan, Marselo, Danilo (Benzema, 80), Ramos, Kroos, Kazemiro, Asensio (Morata, 53), Modrich, Vaskes (Kovachich, 71), Ronaldu.
Selta – Alvares, Kabral, Kastro, Malo, Ronkalya, Radoya, Dias, Ernandes, Vass (Gvidetti, 89), Bongonda (Sisto, 87), Aspas (Gomes, 82).
Ogohlantirishlar: Ramos (6), Dias (42), Ernandes (45).

 

Alkorkon – Alaves 0:2 (0:0, 0:2)
Gollar:
0:1 – 90 Ibai Gomes, 0:2 – 90 Ibai Gomes.
Ogohlantirishlar: Manu Garsiya (40), Rodriges (45), Nelson (60), Katai (76), Pantich (80).
Chetlatish: Belvis (90).

Mavzuga oid
Top