15:21 / 19.01.2017
6493

Koreya sudining qarori Samsung aksiyalari narxini ko‘tarib yubordi

Foto: Reuters

Janubiy Koreyaning Samsung Group tarkibiga kiruvchi asosiy kompaniyalarining aksiyalari, mamlakat sudining qaroridan so‘ng, keskin ko‘tarilib ketdi. Koreya sudi Samsung vitse-prezidenti Li Chjye Yonni hibsga olish bo‘yicha prokuratura so‘rovini rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilgan edi. Xususan, Samsung Electronics aksiyalari 2,6 foizga, Samsung C&T qimmatli qog‘ozlari 3,66 foizga qimmatlashgan.

Avvalroq, Janubiy Koreya respublikasi sudi Samsung Electronics vitse-prezidenti Li Chje Yonni hibsga olish uchun order berish talabini rad etgani haqida xabar qilingan edi. Ma'lumki, Li Chje Yon mamlakatning ishonchsizlik bildirilgan prezidenti Pak Kin Xe atrofidagi korrupsiya mojarosiga doir ishda gumonlanuvchilardan biri sifatida qatnashmoqda. 

Top