09:55 / 19.01.2017
7329

Obama: Yaqin Sharqdagi mojaroni Falastin davlatini tashkil etmay turib hal qilib bo‘lmaydi

Yaqin Sharqdagi mojaroni to‘laqonli Falastin davlatini tashkil etmay turib hal qilib bo‘lmaydi. Bu haqda AQSh prezidenti Barak Obama Oq uydagi davlat rahbari sifatida o‘tkazgan so‘nggi matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

Uning ta'kidlashicha, Yaqin Sharqda ayni damda kuzatilayotgan mojaroli vaziyat Falastin va AQSh xavfsizligiga rahna solayotgan Isroil uchun xavflidir.

Obama Donald Tramp yangi ma'muriyati Yaqin Sharqda o‘ta ehtiyotkorlik bilan harakat qilishi va o‘ylamay qabul qilingan qarorlardan voz kechishi darkorligini aytdi. "Men AQSh prezidenti lavozimiga isroillik va falastinliklar o‘rtasida tinchlikni qaror toptirish uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni amalga oshirish maqsadida kirishganman, - ma'lum qildi u. – Biz bunga ko‘p kuch va vaqt sarfladik. Mojaroda ishtirok etayotgan tomonlarni tinchlikka majburlay olmasligimiz tushunarli edi. Biz qilishimiz mumkin bo‘lgan barcha narsa – bu tinch jarayonga ko‘mak berish, uning asosini yaratish".

Obamaning so‘zlariga ko‘ra, "ikki davlat yaratish orqali muammoni hal qilish imkonini qoldirish lozim". "AQShning saylangan prezidentida o‘z siyosati bo‘ladi, - qo‘shimcha qildi u. – Ko‘ramiz, ularning yondashuvi qanchalik samara beradi. Nima bo‘lishi mumkinligi haqida bashorat qilmayman, biroq, Yaqin Sharq mintaqasida vaziyat o‘ta nobarqaror bo‘lib turgani aniq. Biz avvalroq muammoga aloqador har bir tomon uchun muhim bo‘lgan bir tomonlama qadamlarni ko‘rdik. Ular juda ham xavfli vaziyatni yuzaga keltirishi mumkin".

Obamaning ta'kidlashicha, ma'muriyati xodimlari "bo‘lajak prezidentning jamoasiga u qabul qilishi lozim bo‘lgan qarorlar talabini tushuntirmoqda, xolos". "Ular – juda ham murakkab masalalar, - qo‘shimcha qildi u. – Bizning harakatlarimiz juda ham katta oqibatlarga olib keladi va bunday qadamlarni yaxshilab o‘ylab qo‘yish kerak".

Falastin va isroilliklar mintaqaviy mojaroni hal qilish uchun ajratilgan qimmatbaho vaqt tugab borayotganini tushunishlari kerak, deb hisoblaydi Obama. 

"Men bu mojarodan juda ham tashvishdaman", - dedi Obaman. Shu bilan bir qatorda, uning ta'kidlashicha, "Isroil qo‘llab-quvvatlayotgan usul bilan masalani qanday hal qilish mumkinligini ko‘rmayapti".

Obama Isroil Falastinsiz "bir vaqtning o‘zida yahudiy va demokratik" davlat bo‘la olmasligini ko‘rsatib o‘tdi. U BMT tomonidan Isroilning uy-joylar qurish bilan bog‘liq faoliyatiga qarshi qabul qilingan rezolyutsiya yuzasidan ham fikr bildirdi. "Uning maqsadi Isroil aholi punktlari soni ortishi Isroil va Falastinning yonma-yon bo‘lishi prinsipini rad etishini ma'lum qilishdan iborat edi", - aniqlik kiritdi prezident.

Ma'lumot uchun, BMT Xavfsizlik kengashi 23 dekabr kuni Isroildan Falastin hududlarida aholi punktlari qurilishiga barham berishni talab qiluvchi 2334 sonli rezolyutsiyani qabul qildi. Hujjatni XKning 14 a'zo-davlati qo‘llab quvvatladi, AQSh delegatsiyasi esa betaraf qoldi. Isroil esa BMT rezolyutsiyasini bajarishdan bosh tortdi.

Top