Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida jiddiy YTH ro‘y berdi, halok bo‘lganlar bor
foto: Facebook "Voditeli Tashkenta"
Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahri yaqinida jiddiy yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Bu yerda chorshanba kuni yuk mashinasi va Vaz-2107 avtomobili yuzma-yuz to‘qnashib ketgan, deb xabar bermoqda Nuz.uz.
Hodisa oqibatida yuk mashinasi ag‘darilib ketgan, yengil avtomobil esa oldingi qismidan butunlay ayrilgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, YTH tezlikning oshirilishi va yo‘l harakati qoidalariga amal qilmaganlik tufayli yuz berdi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, avtohalokat oqibatida Vaz-2107 avtomobilining 34 yoshli haydovchisi va 25 yoshli yo‘lovchisi halok bo‘lgan. Yuk mashinasida bo‘lgan insonlarning ahvoli haqida ma'lumot berilmagan.

Mavzuga oid
22:36 / 08.01.2026
Yangiyo‘lda go‘shti uchun itini o‘ldirgan fuqaro ushlandi
10:20 / 15.09.2025
Yangiyo‘ldagi to‘yxonada mushtlashuv uyushtirganlar ushlandi
11:54 / 12.09.2025
Yangiyo‘ldagi to‘yxonada mushtlashuv sodir bo‘ldi
18:12 / 03.09.2025