17:58 / 20.01.2017
4687

Xitoy harbiy-dengiz kuchlariga yangi qo‘mondon tayinlandi

Xitoy xalq-ozodlik armiyasining harbiy-dengiz kuchlariga (HDK) yangi qo‘mondon tayinlandi. Bu haqda China Daily gazetasi juma kuni XXR HDK bayonotiga asosan xabar berdi.

Bayonotga ko‘ra, xalq-ozodlik armiyasining harbiy-dengiz kuchlariga 60 yoshli leytenant-admiral Shen Tszinlun qo‘mondon etib tayinlangan. Avval u harbiy-dengiz kuchlarining Janubiy dengiz flotida qo‘mondon bo‘lgan.

U bu lavozimda 71 yoshli admiral U Shenlining o‘rnini egalladi.

Shu bilan bir qatorda, bayonotga ko‘ra, XXR harbiy-dengiz kuchlari oliy rahbariyatida lavozim o‘zgarishi qachon yuz bergani borasida aniq ma'lumot yo‘q. Tahlilchilarning fikricha, bu holat shu hafta sodir bo‘lgan.

Top