22:45 / 20.01.2017
8654

Maykl Pens AQShning 48-vitse-prezidenti lavozimiga kirishdi

Foto:AFP/Getty Images

Maykl Pens AQShning 48-vitse-prezidenti lavozimiga rasman kirishdi. U Kapitoliy tepaligida Oliy sud a'zosi Klarens Tomas ushlab turgan Injilga chap qo‘lini qo‘ygan holda mamlakat va konstitutsiyaga sodiq xizmat qilishga tantanali qasamyod qildi. 

AQShning yangi prezidenti inauguratsiyasiga 900 mingdan ortiq inson tashrif buyurgani taxmin qilinmoqda, deya xabar qilgan Sky News.

Shahardagi xavfsizlikni huquq-tartibot idoralarining 28 ming xodimi ta'minlamoqda. 

Top