Özbekistonning Samarqand şahrida jadallik bilan qurilayotgan tramvay tarmoği barça 4ta yönalişining uzunligi 34,8 kmni taşkil etadi. Bu haqda «Özbekiston temir yöllari» AJ matbuot xizmatida xabar qilingan.
Samarqand şahrida ekologik toza transport tizimini barpo etiş ikki bosqiçda amalga oşiriladi. Ötgan yilning noyabr oyida boşlangan va 2017 yil Navröz bayramiga yakunlanişi rejalaştirilayotgan birinçi bosqiçida şahar temir yöl vokzalidan Sartepa mavzesiga qadar bölgan 6,4 kmlik tramvay izi yotqiziladi. Şu munosabat bilan, ikkita aylanma yöl, 4ta podstansiya va bitta depo barpo etiladi. Keyinçalik, quriliş davom ettiriladi va temir yöl vokzalini Siyob bozori bilan tutaştiradi. Bu yönaliş masofasi 5 kmni taşkil etadi.
Ikkinçi bosqiçda temir yöl vokzalidan Spitamen köçasi orqali Superfosfat zavodigaça liniya yotqiziladi. Uning umumiy uzunligi 12,4 kilometrdan iborat böladi. Zavod va temir yöl vokzali, şuningdek, Narpay köçasi orqali ötuvçi 11 kmlik yana bir yönaliş bilan boğlanadi.
Tramvay transportini Samarqandga qaytariş taşabbusini Prezident Şavkat Mirziyoyev 2016 yil oktabr oyida bildirgan edi.












