08:00 / 21.01.2017
7547

AQSh mudofaa vaziri lavozimiga nomzod tasdiqlandi

Foto: AP Photo/ J. Scott Applewhite

AQSh senati 20 yanvarda Jyeyms Mettisni AQSh mudofaa vaziri lavozimiga tasdiqladi.

Mettisga ko‘pchilik senatorlar ovoz berdi. Mettis nomzodini AQSh prezidenti Donald Tramp taklif qilgandi. U 20 yanvarda inauguratsiyasidan keyin Mettisga Pentagon rahbari lavozimini egallashga imkon beruvchi hujjatni imzoladi. AQSh qonunchiligiga ko‘ra, mudofaa vaziri lavozimi fuqarolik lavozimi hisoblanadi. Uni sobiq harbiy, biroq iste'foga ketgandan keyin 7 yildan keyin egallashi mumkin. 

Hozirda Mettis 66 yoshda. U 1969 yildan dengiz piyoda qo‘shinlarida xizmat qilgan, 4 yulduzli general unvonigacha xizmatni davom ettirgan. Hamkasblari unga "Quturgan it" laqabini berishgan.

Mettis "Cho‘ldagi bo‘ron" (1990-1991 yillar), Afg‘oniston va Iroqdagi harbiy operatsiyalarda ishtirok etgan. 2010 yildan 2013 yil iste'foga ketguncha AQSh qurolli kuchlarining markaziy qo‘mondonligini boshqargan.

Mavzuga oid
Top