14:19 / 21.01.2017
21232

Denis Istomin Avstraliya ochiq chempionatida yangi rekord qayd etdi

Avstraliyada davom etayotgan «Ulkan toj» turkumiga kiruvchi Australian open musobaqasini o‘zbekistonlik Denis Istomin muvaffaqiyatli o‘tkazishda davom etmoqda.

Bugun Denis turnirning 3-raundida musobaqaning 30-tartib raqami ostida saralangan ispaniyalik tennischi Pablo Karreno-Bustoga qarshi kortga chiqib, besh setda raqibini mag‘lubiyatga uchratdi: 6/4, 4/6, 6/4, 4/6, 6/2.

Tribuna.uz'ning yozishicha, bu natija orqali Denis Istomin o‘zbekistonlik tennischilarning musobaqada qayd etgan natijasi bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi. Bungacha hech bir o‘zbekistonlik tennischi Avstraliya ochiq chempionatining nimchorak finaliga yo‘llanma olmagandi. Denisning o‘zi bu musobaqada ikki marta uchinchi bosqichgacha chiqishga muvaffaq bo‘lgan xolos.

Eslatib o‘tamiz, bu Denisning «Ulkan toj» turkumiga kiruvchi musobaqalarda birinchi nimchorak finali emas. Bungacha u Uimbldon musobaqalarida aynan shu bosqichga qadar yetib kelishga muvaffaq bo‘lgandi.

Mavzuga oid
Top