09:50 / 21.01.2017
9260

Donald Tramp AQSh prezidenti sifatida Oq uyga keldi

foto: AP

AQShning o‘z vakolatlarini bajarishga kirishgan yangi prezidenti Donald Tramp Amerika yetakchilarining bosh qarorgohi – Vashington shahridagi Oq uyga yetib keldi. 

Oq uy Trampning masofa jihatidan yaqin, ammo vaqt o‘lchovida uzoqqa cho‘zilgan sayrining so‘nggi manzili bo‘ldi. Dastlab u Kapitoliy tepalagidagi Kongress binosi maydonida tantanali qasamyod qildi, so‘ngra bir necha farmonlarni imzoladi va tantanali qabul marosimida qatnashdi. 

AQSh prezidenti korteji Oq uyga borishda an'anaviy paradni boshqargan. Tramp rafiqasi Melaniya bilan odamlarni olqishlash uchun bir necha marotaba zirxli mashinadan chiqishgan. 

Mavzuga oid
Top