Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda giyohvand moddalar kontrabandasi bilan shug‘ullangan guruh tashkilotchisi qo‘lga olindi
Tojikistondan O‘zbekistonga yirik partiyadagi giyohvand moddalarning kontrabandasi bilan shug‘ullangan uyushgan jinoiy guruh (UJG) faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston kuch mahkamalaridagi manbaga asosan xabar berdi.
UJG a'zolari 11 kishidan iborat bo‘lgan. Unga urgutlik 42 yoshli Baxtiyor Xushnazarov rahbarlik qilgan. U shunday jinoyatlari tufayli 10 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.
Xushnazarovning ukasi – Ilhom Xushnazarov guruh yetakchilaridan biri bo‘lgan. U O‘zbekistonga yirik partiyadagi giyohvand moddalarni olib kirilishida bevosita ishtirok etgan. Faqatgina 2016 yilning martida guruh a'zolaridan 17 kilogrammdan ortiq “opium” giyohvandlik moddasi olib qo‘yildi. Guruh a'zolari O‘zbekistonga Tojikistonning So‘g‘d viloyati Panjikent tumanidan 2015 yilning noyabrida 24 kilogrammdan ortiq bunday giyohvandlik moddasini olib kirishgan.
"Ilhom Xushnazarov akasi va boshqa hamtovoqlari qo‘lga olinganidan xabar topib, huquqni muhofaza qiluvchi organlardan yashirindi. Jinoyatchi qidiruvda bo‘lgan. MXX xodimlari tezrok tadbirlar natijasida Xushnazarovni qo‘lga olishdi", - deya ta'kidlab o‘tgan sud vakili.
U sudda o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘ldi va 13 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
Mavzuga oid
19:18 / 06.02.2026
Samarqandda xorijdagi festivalga o‘z farzandlarini yuborgan mansabdorlardan 28 mln so‘m undirildi
15:30 / 03.02.2026
Samarqandda kuniga 500 tonna chiqindi saralaydigan stansiya quriladi
10:53 / 29.01.2026
Samarqandda yollanma qotil orqali tanishini o‘ldirmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi
10:30 / 29.01.2026