Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Özbekistonni 2017-2021 yillarda rivojlantiriş böyiça harakatlar Strategiyasi töğrisida”gi farmoni loyihasi bilan valyuta, qimmatbaho metall va toşlar bozorini liberallaştiriş böyiça çoralar közda tutilgan.
Şu tariqa, 2017 yilda milliy valyuta kursini şakllantirişda zamonaviy bozor mexanizmlarni joriy etiş amalga oşirila boşlaydi. Bu uning erkin konvertatsiyaga ötişini ta'minlaydi. Çoralar kompleksi şuningdek, xorijiy valyutalarning birjalarda erkin aylanişini ham ta'minlaydi. Bu haqda norma.uz xabar bermoqda.
Davlatning alohida rejalarida – eksportçilar tomonidan valyuta tuşumlarini majburiy sotilişini bekor qiliş ham bor. Bu xomaşyo eksportçilardan (paxta tolasi, tabiiy gaz, metallar va hk.) taşqari barça taşkilotlarni qamrab oladi.
Şu bilan bir qatorda, Özbekiston hududida xorijiy valyutada iş va xizmatlarga narx qöyiş amaliyoti bosqiçma-bosqiç tugatiladi.
Bundan taşqari, qimmatbaho metall va toşlar importini litsenziyalaşni bekor qiliş ham rejalaştirilmoqda. Bu mahalliy tilladan tayyorlangan zargarlik buyumlari eksportiga belgilab qöyilgan norma (95 foiz)ni kamaytirib, bu sohadagi eksport jarayonlari hamda içki aylanmani ança yengillaştiradi.
Loyiha özgartirilişi, töldirilişi yoki rad etilişi mumkin.













