09:23 / 22.01.2017
9385

AQShda Trampga qarshi 2 mln kishi ayollar marshida ishtirok etdi

Donald Tramp inauguratsiyasidan keyin AQShning turli shaharlarida ayollar huquqlari uchun marshda 2 mln kishi ishtirok etdi. Bu haqda "Frans Press" axborot agentligi xabar bermoqda

Vashingtonning o‘zida ishtirokchilar soni 500 minggacha yetishi taxmin qilingan. Bu esa avval taxmin qilinganidan 2 barobar ko‘proqni tashkil qiladi.   

Yana shuncha ishtirokchi Los-Anjyeles ko‘chalariga chiqqan. Marsh tashkilotchilarining aytishicha, aksiyada 750 ming namoyishchi ishtirok etgan. Yana 500 mingdan ko‘proq kishi Nyu-Yorkdagi marshda qatnashgan.

Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko‘ra, Chikago ko‘chalariga 150 ming kishi chiqqan. Taxminan shuncha odam Bostondagi norozilik aksiyasida qatnashgan. Shuningdek, Mayami, Denver, Sietl, Filadelfiyada ham katta ko‘lamli aksiyalar bo‘lib o‘tgan.

Trampga qarshi namoyishchilarni dunyoning boshqa shaharlari – Berlin, Parij, Rim, Vena, Jyeneva, Amsterdam, Nayrobi, Sidney, Melburn, Tokio, Xelsinkida ham qo‘llab-quvvatlashgan. "Ayollar marshi" hattoki Antarktidada ham bo‘lib o‘tgan.

 Vashingtondagi "Ayollar marshi"
Mavzuga oid
Top