Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda poyezdning izdan chiqib ketishi 32 kishining umriga zomin bo‘ldi
Hindistonda poyezdning izidan chiqib ketishi oqibatida kamida 32 nafar inson hayotdan ko‘z yumgan, 54 kishi yaralangan. Bu haqda mahalliy hukumatga asoslanib, NDTV telekanali xabar qilgan.
Hindiston hukumati fojiada halok bo‘lganlar va jabrlanganlarning oila a'zolariga moliyaviy yordam puli berilishini e'lon qildi.
“Temir yo‘l transportiga mas'ul bo‘lgan yuqori lavozimli mulozimlar tergov ishlarini olib borib, maxsus hisobotni taqdim etadi”, - degan temir yo‘l ma'muriyati vakili Anil Saksena.
Hindiston bosh vaziri Narendra Modi, o‘z navbatida, ushbu voqeaga o‘z munosabatini bildirib, uni “qayg‘uli fojia” deb atagan. Uning aytishicha, Hindiston temir yo‘l vazirligi qudiruv-qutqaruv ishlarini zudlik bilan o‘tkazish bo‘yicha choralar ko‘rmoqda.
Mavzuga oid
12:16 / 25.12.2025
Hindiston neft kompaniyasi RF neftini xarid qilishni qayta tikladi
14:34 / 23.12.2025
Titov: 2026 yilda Rossiyaga ishlash uchun 40 ming hindistonlik keladi
18:14 / 21.12.2025
Peterburg ko‘chalarida hindistonlik migrantlar ishlay boshladi
07:30 / 17.12.2025