21:34 / 22.01.2017
8222

Mo‘suldagi operatsiya qachon yakunlanishi ma'lum qilindi

Iroqning yirikligi bo‘yicha 2-raqamli shahri – Mo‘sulni IShID jangarilaridan ozod qilish operatsiyasi bir oy ichida yakunlanadi, deb aytdi Iroq tashqi ishlar vaziri Ibrohim al-Jafariy Livan prezidenti Mishel Aun bilan uchrashuvdan keyin.

Uning aytishicha, Livan rahbari bilan uchrashuvda ikki davlatning Arab davlatlari ligasi doirasidagi hamkorligi masalasi muhokama qilingan. 

Al-Jafariy Livan yetakchisiga Iroq prezidenti Fuad Masumning Iroqqa tashrif buyurish taklifini yetkazdi.

Top