08:51 / 22.01.2017
5215

Pokistondagi portlash oqibatida qurbonlar soni 25 kishigacha oshdi

Foto: EPA

Pokistonning shimolidagi Kurram viloyati dehqon bozorida sodir etilgan portlash qurbonlari soni 25 kishigacha oshdi, yana 90 ga yaqin kishi yaralangan, deb xabar bermoqda Los Angeles Times nashri.

Portlash Parachinar shahrida yuz bergan. Avval 21 kishi halok bo‘lgani, 51 kishi yaralangani ma'lum qilingandi.

"21 yanvardagi bomba portlashi oqibatida kamida 25 kishi halok bo‘ldi, 87 kishi yaralandi", deb ma'lum qilindi xabarda. 

Nashrda ma'lum qilinishicha, bomba bozordagi sabzavotlar konteyneriga yashirib qo‘yilgan bo‘lgan. Portlash yuz bergan vaqtda bozorda odam gavjum bo‘lgan. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, portlash uchun javobgarlikni birdaniga ikkita – "Lashkar-a Jangaviy" va "Tahriq-a Tolibon Pokiston" radikal guruhlari o‘z zimmalariga olgan.

Top