20:05 / 23.01.2017
26624

Dayjyest: O‘zbek avtolarining onlayn xaridi, Ostonada o‘tkazilayotgan tarixiy yig‘ilish va boshqa xabarlar

Yakunlanib borayotgan 23 yanvar O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

O‘zbekiston

23 yanvar Farg‘ona vodiysining bir necha shaharlarida tongi taxminan 6:40da yer silkinishi qayd etildi. “Toshkent” seysmostansiyasi ushbu tabiat hodisasini tasdiqladi.

O‘zbekistonda yaqin vaqt ichida uchta yangi xususiy telekanal ochiladi. Bu borada barcha zarur hujjatlar tayyorlab qo‘yilgan.

GM Uzbekistan avtomobillarni onlayn sotish tizimini yaratadi. GM Uzbekistan, UZINFOCOM, Inxa Universiteti, Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti va Turin politexnika universiteti orasida imzolangan memorandum sabab erishilgan.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “O‘zstandart” agentligining joylardagi rahbarlari xususida ochiq va tanqidiy fikrlarini bildirdi.

Jahon

23 yanvarda Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon mamlakat hukumatida navbatdagi kadrlar almashinuvini amalga oshirdi. U hukumatning ikki a'zosini vazifasidan ozod qilgan va korrupsiyaga qarshi kurash ma'muriyatiga yangi rahbarni tasdiqladi.

Iroqning kattaligi bo‘yicha ikkinchi shahri Mo‘sul sharqidagi maktablarda o‘quv jarayoni tiklandi. Bu yerda yilning ikkinchi yarmida 70ta maktab ochiladi.

Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida rasmiy Damashq va qurollangan muxolifat delegatsiyasi vakillari birinchi marta yagona muzokaralar davrasiga o‘tirishdi.

Foto va videoxabarlar

Fotojamlanma: Davos forumi mehmonlari bilan bog‘liq eng qiziq suratlar

Xitoyning Xubey viloyatida joylashgan Uxan shahrida o‘n soniya ichida nazorat qilingan portlatish orqali 19ta ko‘p qavatli uy yo‘q qilindi. Video.

Texnologiya va sport

Samsung Galaxy Note 7 smartfonlarining yonib ketishiga loyihalashtirish va akkumulyatorlar yig‘ish texnologik jarayonidagi xatolar sabab bo‘lgan.

Melburnda davom etayotgan «Ulkan toj» turkumiga kiruvchi Australian open musobaqasining nimchorak finalida Denis Istomin o‘z ishtirokini yakunladi.

Top