13:36 / 23.01.2017
21597

Hindistonlik siam egizaklari bir kishiga ko‘ngil qo‘yishdi

Foto: Gossiplankamag.blogspot.com

45 yoshli Ganga va Jamuna Mondalalar - siam egizaklari. Ular dunyoga "O‘rgimchak opa-singil" nomi bilan tanilgan. Bu haqida Nur.kz nashri xabar berdi. 

Ular G‘arbiy Bengaliya, Hindistonda yashashadi. Bir oilada dunyoga kelgan egizaklarning oshqozoni umumiy, lekin ularning har biri o‘z yuragi, buyragi va jigariga ega. Egizaklarning ota-onasi tibbiy yordam to‘lovlarini amalga oshirolmagani sabab o‘smirlik chog‘ida ulardan voz kechishgan. 

Biroq shunga qaramay opa-singillar omon qolishgan. Ganga va Jamuna “Drimlend” sirkida ishlab, Hindiston bo‘ylab gastrol safarlarida bo‘lishgan. Kishilar ularni ko‘rgani kelgani uchun pul to‘lashardi.

Foto: Gossiplankamag.blogspot.com

O‘zining "noodatiy" tashqi qiyofasi tufayli Ganga va Jamuna uzoq vaqt shaxsiy hayotni iziga qo‘ya olishmadi. Ko‘pchilik ularning ustidan kular yoki chiqishtirmasdi. 

Biroq kunlarning birida opa-singillar Jasamuddin Ahmad ismli karnavalchini uchratib qolishdi... va kutilmaganda shu insonga ko‘ngil qo‘yishganini anglab yetishdi. 

Top