2017 yil 19-20 yanvar kunlari Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvol bilan yaqindan tanişiş maqsadida Qoraqalpoğiston Respublikasiga taşrif buyurdi. Davlat rahbari mazkur safari doirasida respublika xalq vakillari va faollari bilan uçraşdi. Unda qator dolzarb masalalar va muammolar muhokama qilindi, oşkora fikr almaşildi.
Majlis çoğida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kompleks rahbarlarining uşbu mintaqa böyiça axboroti tinglandi, ularga zarur topşiriqlar berildi.
Jumladan, Özbekiston Respublikasi Boş vazirining örinbosari Uluğbek Rozukulov (“Özavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi boşqaruvi raisi - Eksport salohiyatini va maşinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantiriş, mahsulotlarni standartlaştiriş masalalari kompleksining rahbari) sözga çiqib, Qoraqalpoğiston respublikasidagi öziga tegişli sohalar böyiça amalga oşirilgan işlar, mavjud kamçilik xususida söz yuritdi.
“Avvalambor, birinçisi, sifatsiz mahsulot va uskunalarning bozorga çiqqani standartlaştiriş sohasiga tegişli böladi va agentlikning hududdagi laboratoriyasi bugungi zamonaviy talabga umuman javob bermasligi ma'lum böldi”, - degan Rozukulov.
Şu örinda, Davlatimiz rahbari “Özstandart” agentligining joylardagi rahbarlari xususida oçiq va tanqidiy fikrlarini bildirdi.
“Standartning viloyatda ötirgan har bir rahbari magazinçi u, bilasizmi, ular soliqçi va boşqalardan ham yomonroq, qöl qöyib, pora olavergan. Birorta standartga mos bölmasa ham qöl qöyavergan, bu hayot tarzi bölib qolgan. Siz esa, Uluğbek Ubaydullayeviç, bu sohani bir yoki ikki yilgina boşqarayotganingiz yöq, şunday emasmi?”, - degan Şavkat Mirziyoyev.
Rozukulov, öz hisobotida davom etib, maişiy texnikalar işlab çiqariş bilan boğliq muammoni televizorlar misolida tuşuntirib, ular 500-600 km uzoqlikda çiqarilişi, bu esa mahsulotning tannarxi oşişiga olib kelişini ta'kidladi.
Şunga köra, “19,2 mlrd söm sarmoya kiritib, televizorlar yiğiş yölga qöyilsa, 300 iş örni böladi va 82,5 mlrd sömlik mahsulot işlab çiqarib, sotiş imkonini beradi”, - degan Boş vazir örinbosari.
Şundan söng, Rozukulov maşina traktor parklari xususida söz yuritdi.
“Respublikada jami 174 MTP (maşina-traktor parki) va 155 agrotexservis bor. Biz bu borada, ularni optimallaştiriş va ixçamlaştiriş böyiça çoralar köryapmiz. Mos kelmaydigan binolarda turganlarini tugatib, barça şaroitlari bölgan yangi parklarni taşkil etayapmiz”













