19:42 / 23.01.2017
20235

Tojikistonda Imomali Rahmon surati tushirilgan qog‘oz pul chiqarilishi mumkin

Foto: Asia-Plus

Tojikiston hukumati 1000 somoni qiymatdagi yangi qog‘oz pulni chiqarish tashabbusini ko‘rib chiqmoqda. Kupyuraning old tomonida Tojikistonning amaldagi prezidenti Imomali Rahmon surati bo‘ladi.

Ushbu qog‘oz pulni chiqarish masalasini o‘rganish uchun maxsus hukumat ishchi guruhi yaratilgan. Bu haqda Tojikiston Milliy banki raisi Jamshid Nurmaxmadzoda ma'lum qildi. 

Ma'lum qilinishicha, ishchi guruh tarkibiga jumladan Tojikiston Milliy banki mutaxassislari kiradi.

Nurmaxmadzodaning ta'kidlashicha, ishchi guruh xulosasiga ko‘ra hukumat tomonidan bu masala bo‘yicha yakuniy qaror chiqariladi.

Avvalroq bu tashabbusni "Tojiksug‘urta" davlat korxonasi filiali direktori Sharif Karimov bildirgandi.

U o‘z taklifini "Tojikiston" nashri sahifalari orqali bildirgan. Karimovning aytishicha, aynan Rahmon sababli hozirda butun dunyoda Tojikiston va tojiklarni tanimoqdalar.

Top