21:15 / 24.01.2017
6510

Apple "noma'lum" simsiz qurilmani ro‘yxatdan o‘tkazdi

Apple korporatsiyasi AQShning aloqa bo‘yicha federal komissiyasida Bluetooth va NFC simsiz interfeyslarini qo‘llab-quvvatlovchi noma'lum qurilmani ro‘yxatdan o‘tkazdi. Bu haqda MacRumors portali xabar bermoqda.

Komissiya A1846 model raqamiga ega qurilmani sertifikatlashtirgan. Nashrning ta'kidlashicha, kompaniyaning mavjud qurilmalaridan birortasi bu raqamga mos emas. Arizada qurilma 100 dan 700 milliampergacha va 5,5 dan 13,2 voltgacha tok iste'mol qilishi, bu esa Apple TV telepristavkasi (920 milliamper va 12 volt) ko‘rsatkichlariga mos kelishi ko‘rsatilgan.

Biroq tahlilchilarning fikricha, qurilma kompaniyaning chakana do‘konlari uchun mo‘ljallangan. Bu bevosita yaqin orada joylashgan iOS-qurilmalar bilan ishlashga imkon beradigan  iBeacon texnologiyasiga mo‘ljallangan mahsulot bo‘lishi mumkin.

Bu qurilma Apple’ning oxirgi vaqtda komissiyada ro‘yxatdan o‘tkazgan ikkinchi qurilmasidir. 2016 yil sentabrda korporatsiya A1844 model raqamli gadjyetni sertifikatlashtirgandi.

Mavzuga oid
Top