00:15 / 24.01.2017
7701

Misr elchisi: "Mediahaftalik O‘zbekiston Respublikasi hukumatining kelajakdagi rejalaridan xabardor bo‘lish uchun yangi imkoniyatdir"

23 yanvar, dushanba kuni Toshkent shahrida davlat organlari vakillari, jurnalistlar va jamoatchilik tashkilotlari ishtirokida "2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning besh yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi" loyihasining muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Unda bir qator elchixonalar vakillari ham qatnashishdi.

Misr Arab Respublikasi elchisi Amani Al-Itr ushbu tadbir borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:

"Eng avvalo, taklif uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Mediahaftalik O‘zbekiston Respublikasi hukumatining kelajakdagi rejalaridan xabardor bo‘lish uchun yangi imkoniyatdir. Ushbu imkoniyat xalq bilan muloqot qilish va ko‘tarilgan mavzular bo‘yicha muhokamalar o‘tkazishga katta umidlar beradi. Xususan, men bu muloqotni ochiq deb topdim, unda odamlar ijtimoiy media orqali ham qatnashib, savol berishlari mumkin. Men va hamkasblarim O‘zbekiston hamda uning kelajak rejalari haqida ko‘proq ma'lumot olish uchun joriy haftadagi barcha muzokaralarda ishtirok etmoqchimiz. Barchangizga muvaffaqiyatlar tilayman".

Mavzuga oid
Top