Qonun hujjatlarini baholaş tizimi portaliga “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturi loyihasi joylandi. U naqd va naqdsiz pul aylanmasi örtasidagi farqlarni bartaraf etiş çoralarini nazarda tutadi. Bu haqda Norma.uz yozmoqda.

Xususan, plastik kartalardan hamma yerda foydalaniş uçun qöşimça qulayliklarni yaratiş maqsadida tölov terminallarining ijara stavkalarini ikki barobar pasaytiriş taklif etilmoqda. Bugungi kunda banklar tomonidan belgilangan ijara stavkasi oyiga 10 yevroga teng.
 
Şu bilan birga, bir plastik kartadan boşqasiga mablağlarni ötkaziş uçun tariflarni pasaytiriş rejalaştirilmoqda. Yangi normalarning asosiy maqsadi – fuqarolik aylanmasi iştirokçilari uçun naqd va naqdsiz tölovlar örtasidagi tafovutni bartaraf etişdir. Hozir bunday ötkazmalar uçun tölov tizimlari mablağning miqdoridan 2 foiz olişmoqda.
 
Bundan taşqari, yakka tartibdagi tadbirkorlar, oilaviy korxonalar, dehqon xöjaliklari uçun plastik kartalardan işlab çiqariş, savdo va boşqa ehtiyojlari uçun erkin foydalaniş imkoniyatlari kengayadi.
 
Naqd bilan tölaş talablari hamda tölov usuliga boğliq holda narxlardagi farqlarni belgilaşga (buning uçun çegirma taqdim qiliş) yanada katta taqiq qöyiladi.
 
Şuningdek, banklar kredit kartalarni faolroq çiqara boşlaşadi. Bugungi kunda plastik kartalarning aksariyati debet kartalardir. Ular faqat egasiga tegişli bölgan va uning hisob varağiga oldindan ötkazilgan (qoidaga köra, iş beruvçi tomonidan) mablağlardangina foydalaniş imkoniyatini beradi. Kredit kartalar esa uning egasiga tovar va xizmatlarni keyinçalik qoplab beriş bilan bankning hisobidan olişga yöl qöyadi. Şu tariqa, naqdsiz hisob-kitoblardan foydalaniş uçun qöşimça rağbatlantiruvçi omil yuzaga keladi.
 
Loyiha özgartirilişi, qöşimçalar kiritilişi yoki rad etilişi mumkin.