18:51 / 24.01.2017
15578

Nazarboyev: Prezidentga juda ko‘p vakolatlar berib qo‘ygan edik

Foto: Akorda.kz

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev davlat hokimiyati organlarining vakolatlarini qayta taqsimlash masalalari bo‘yicha ishchi guruhining majlisida ishtirok etdi. Bu haqda Akorda matbuot xizmati xabar qilmoqda
"Bugun biz siz bilan hokimiyat organlari vakolatlarini qayta taqsimlash masalalarini muhokama qilish bo‘yicha uchrashib turibmiz. Men taklif qilgan beshta instituttsiyaviy islohotlarning beshinchisi – ochiq hukumat barpo qilishni ko‘zda tutadi. Unga ko‘ra, aynan hukumatga iqtisodiy, ijro vazifalarida ko‘proq vakolat berish lozim. Prezidentga esa, davlat boshqaruvidagi asosiy masalalar, davlat hayoti, boshqaruvi, barqarorlik, konstitutsiyani himoya qilish va hokimiyatning turli organlari o‘rtasidagi hamkorlikni nazorat qilish, mudofaa qobiliyati, tashqi siyosat bilan shug‘ullanish kifoya qiladi. Biroq, dastlabki davrlarda, biz Prezidentga ko‘p vakolatlar bergan edik", - deya e'tirof etgan Nazarboyev.
Davlat rahbari, shuningdek, faqat Qozog‘iston Prezidenti vazifasiga kiruvchi vakolatlar ro‘yxatini qisqartirishga e'tibor qaratgan. 

"Masalan, dasturlarni tasdiqlash, hukumatdagi kadrlar o‘zgarishi, yangi boshqaruv organlarini tashkil etish kabilar hukumat va Parlamentga berilishi mumkin", - degan  Nazarboyev.
Bundan tashqari, Qozog‘iston yetakchisi davlat boshqaruvi tizimida Parlamentning rolini oshirish zarurligini ta'kidlagan. 

"Bizning sharoitda hukumat saylovda g‘alaba qozongan partiya yoki fraksiya tomonidan shakllantiriladi. Shunga ko‘ra, Parlamentning hukumatga nisbatan ko‘p masalalardagi o‘rni qayta ko‘rib chiqilishi kerak", - deb uqdirgan davlat rahbari. 
Eslatib o‘tamiz, 2016 yil 15 dekbarda Nursulton Nazarboyev davlat hokimiyat organlari vakolatlarini qayta taqsimlash masalasini ko‘rib chiqish vazifasini topshirgan edi. 

2017 yil 11 yanvarda esa, prezident farmoyishi bilan ushbu masalalar bilan shug‘ullanuvchi ishchi guruh tashkil etilgan edi. 

Mavzuga oid
Top