Toshkent shahridagi Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan eski hayvonot bog‘i o‘rnida yangi madaniyat va istirohat bog‘i ochiladi. Bu haqda Uz24 shahar hokimiyatiga asosan xabar tarqatdi.

“Ayni vaqtda ekopark hududida qurilish ishlari olib borilmoqda. Bu yerda bolalar uchun  attraksionlar o‘rnatiladi va ovqatlanish shoxobchalari ochiladi. Yangi madaniyat va istirohat bog‘i Navro‘z bayrami arafasida ochilishi rejalashtirilgan”, - ta'kidlagan nashr.