17:55 / 25.01.2017
8510

Australian open‘ning 1/2 final juftliklari ma'lum bo‘ldi

Melburn shahrida davom etayotgan «Ulkan toj» turkumiga kiruvchi Australian open turnirining erkaklar o‘rtasidagi musobaqasida yarim final juftliklari aniq bo‘ldi. 

25 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan chorak finalda dastlabki uchrashuvda Denis Istomindan ustun kelgan bolgariyalik Grigor Dimitrov belgiyalik David Goffinga qarshi kortga chiqib, osonlik bilan, uch setda g‘alaba qozondi — 6:3, 6:2, 6:4.

Ikkinchi chorak finalda Rafael Nadal turnirning uchinchi saralangan tennischisi, kanadalik Milosh Raonichni mag‘lubiyatga uchratdi. Bu to‘qnashuv ham uch set davom etdi. Endi yarim finalda Nadal va Dimitrov o‘rtasida o‘yin bo‘lib o‘tadi. 

Australian open

Mukofot jamg‘armasi 50 000 000 avstraliya dollari

1/4 final

Grigor Dimitrov - David Goffin 6:3, 6:2, 6:4
Rafael Nadal - Milosh Raonich 6:4, 7:6,  6:4.

Eslatib o‘tamiz, kecha bo‘lib o‘tgan bahslarda ikki shveysariyalik tennischi Rojyer Federer va Stanislas Vavrinka yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi. Yarim final juftliklari quyidagicha ko‘rinish oladigan bo‘ldi.

1/2 final
Rojyer Federer - Sten Vavrinka
Rafael Nadal - Grigor Dimitrov

Mavzuga oid
Top