21:35 / 25.01.2017
19947

Dayjyest: «GM Uzbekistan» boshlagan so‘rovnoma, korrupsiya ro‘yxatida O‘zbekistonning o‘rni va boshqa xabarlar

Yakunlanib borayotgan 25 yanvar O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

O‘zbekiston

Xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti Transparency International dunyoning turli mamlakatlaridagi korrupsiya darajasini aks ettiruvchi reytingini e'lon qildi. O‘zbekiston qaysi o‘rinda?

Toshkent shahrining O‘zbekiston shohko‘chasi bilan Beshyog‘och ko‘chalari kesishgan chorraha qayta ochildi.

Toshkentdagi ba'zi tumanlar aholisi yaqin ikki kun davomida ichimlik suvisiz qolishi mumkin. Batafsil ro‘yxat.

«GM Uzbekistan» kompaniyasi 2017 yilning 25 yanvaridan mijozlarga xizmat ko‘rsatish va mahsulot sifatini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalarni hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni olish maqsadida so‘rovnoma o‘tkazishni boshladi

O‘zbekistondagi Qamchiq dovoni bilan bog‘liq turli mish-mishlar tarqalayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Bunday gap-so‘zlarning ko‘payishiga Toshkent-Andijon temir yo‘l qatnovi bekor qilingani ham yanada turtki berdi. Mavzuga oid suratlar.

Jahon

AQSh Transtinchokeani hamkorligidan chiqmoqda: nima zarar?

Qozog‘iston poytaxti Ostonadan chiquvchi barcha yo‘llar yopilgan. Respublika favqulodda holatlar qo‘mitasi ana shunday xabar bermoqda.

Qatarlik 15 yoshli G‘anim al-Muftah kam uchraydigan kasallikka chalingan. Ilk marotaba Umra ziyoratiga kelgan G‘anim Ka'bani tavof qilish chog‘ida nogironlik aravachasidan voz kechdi va buni qo‘llari bilan ado etdi. Video.

Qimmatbaho telefonlar ishlab chiqaruvchi Vertu kompaniyasi The Constellation (“Yulduzlar turkumi”) seriyasini sayohatchilarga mo‘ljallangan yangi model bilan to‘ldirdi.

Sport yangiliklari

Madridning «Real» klubi Yaqin Sharq mamlakatlarida o‘z mahsulotlarini sotish maqsadida atributikasiga joylashtirilgan klub ramzidan xoch tasvirini olib tashlaydi

Toshkentning «Lokomotiv» klubi sardori Temur Kapadze O‘zbekiston terma jamoasining 2018 yilgi jahon chempionatiga chiqish imkoniyatlari borasida gapirib o‘tdi.

Top