19:16 / 25.01.2017
9585

Yevropa Ittifoqining sayyohlar eng ko‘p boruvchi mamlakati ma'lum qilindi

Foto: REUTERS/Scanpix

Ispaniya Yevropa Ittifoqining turistlar orasida 2016 yildagi eng ommabop davlati bo‘ldi. Bu haqda YeIning Eurostat statistik xizmati xabar berdi.

Ispaniyada sayohatchilar o‘tgan yil davomida mehmonxonalarda 454 million kechani o‘tkazishgan. 2015 yil bilan taqqoslaganda o‘sish deyarli sakkiz foizni tashkil qildi.

Ikkinchi o‘ringa Fransiya va Italiya loyiq topildi (395 million kecha). Fransiyada bu ko‘rsatkich 2016 yilda 4,6 foizga tushib ketgan bo‘lsa, Italiyada deyarli o‘zgarishsiz qoldi.

Kuchli uchlikni Germaniya yakunlab bergan. Turistlar u yerdagi mehmonxonalarda 390 million kechani o‘tkazishdi. To‘rtinchi o‘rin Buyuk Britaniyaga nasib etdi – 292 million. Avstriyadagi mehmonxonalarda esa bu ko‘rsatkich 119 millionni tashkil qildi.

Reytingdagi o‘nlikka, shuningdek, Niderlandiya, Gretsiya, Polsha, Xorvatiya va Portugaliya ham kirgan. O‘tkazilgan turistik kechalarning ortishi bo‘yicha 2016 yilda Bolgariya yetakchi bo‘ldi – plyus 18 foiz.

Mavzuga oid
Top