20:42 / 25.01.2017
21206

Kuvaytda hukmron oila vakili, ayol va besh nafar xorijlik qatl etildi

Kuvayt amirligi hukumati besh nafar xorijlik, hukmron As Sabahlar oilasi a'zosi hamda amirlik fuqarosi bo‘lgan ayolga tayinlangan oliy jazoni ijro etishga buyruq berdi, deb xabar qilmoqda KUNA milliy agentligi.

Xabarlarga ko‘ra, shayx Faysal Abdulla al Jobir as Sabah 2010 yilda sodir etgan qotilligi uchun o‘lim jazosiga mahkum etilgan. 

Besh nafar xorijliklarning ikki nafari misrlik, Filippin va Efiopiya ayol fuqarolari va bangladeshlik bor. Ular turli og‘ir jinoyatlarda aybdor topilgan. 

Frans Press agentligining xabar qilishicha, qatl qilingan kuvaytlik ayol Nusra al Anaziy 2009 yilda o‘lim jazosiga mahkum qilingan. U erining to‘yida qasddan o‘t qo‘ygani uchun oliy jazoga loyiq ko‘rilgan. Gap shundaki, fojia oqibatida kamida 57 kishi, shu jumladan ayollar va bolalar ham hayotdan ko‘z yumgan. 

Top