Bugun 25 yanvar kuni Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev maxsus murojaat bilan respublika televideniyesi orqali chiqish qilishi kutilmoqda. 

"Bugun soat 21:00da respublika telekanallarida Davlat rahbarining maxsus murojaat qilishi kutilmoqda", - deb xabar qilgan Akorda matbuot xizmati Twitter sahifasida.

24 yanvarda davlat rahbari davlat hokimiyati organlarining vakolatlarini qayta taqsimlash bo‘yicha maxsus komissiyaning majlisida ishtirok etgani xabar qilingan edi.