10:27 / 25.01.2017
12245

Oq uy ma'muriyati Trampning kenja o‘g‘lini tinch qo‘yishga chaqirdi

Foto: RIA "Novosti"

AQSh ma'muriyati, Amerika jamoatchiligi "mamlakat an'analariga muvofiq holda" prezidentning 10 yoshli o‘g‘li Berron Trampni tinch qo‘yishiga umid bildirmoqda.

"Bu avvaldan davom etib kelayotgan an'ana, prezident farzandlariga (ularga) siyosiy e'tibor berilmasdan ulg‘ayish imkoni taqdim etiladi. Oq uy bu an'ana davom etishini kutib qoladi. Biz sizning bu masalada hamkorlik qilishingizni qadrlaymiz", — deyiladi Oq uy matbuot xizmati xabarida. 

O‘tgan kunlar mobaynida Donald va Melaniya Trampning o‘g‘li Berron AQSh OAVning nishoni bo‘ldi. 

Xususan, NBC telekanalining "Saturday Night Live" shousi ssenariynavisi Keyti Rich Twitter mikroblogida AQSh yangi prezidentining 10 yoshli o‘g‘li haqida haqoratomuz so‘zlarni qoldirgani sababli ishdan bo‘shatildi. Trampning inauguratsiyasi chog‘ida Melaniya o‘g‘lining qo‘lidan ushlamoqchi bo‘lganida keskin rad etgan edi. Shundan so‘ng, Rich mikroblogida: "Berron mamlakatimizning birinchi maktab mergani bo‘ladi", - deb izoh qoldirgandi. Keyinroq, jurnalist ayol buning uchun uzr ham so‘ragan. 

Bundan tashqari, qator telekanallar, Tramp Oval xonada ilk farmonlarini imzolayotgan vaqtda Berron jiyani bilan o‘ynayotganiga e'tibor qaratgan edi. 

Mavzuga oid
Top