08:22 / 26.01.2017
22277

OAV: IT-millionerlar oxir zamonga faol tayyorgarlik ko‘rmoqda

Foto: Reuters

AQShdagi Kremniy vodiysida yashovchi IT-millionerlar qurol-yarog‘, o‘q-dori, mototsikllar va yer osti bunkerlarini xarid qilish bilan ovora. Bu oxir zamon yuz bersa, kerak bo‘lishi mumkin ekan, deb yozadi The Independent gazetasi.

Xususan, LinkedIn ijtimoiy tarmog‘i asoschilaridan biri Rid Xoffmanning fikricha, Kaliforniyadagi badavlat insonlarning kamida yarmi oxir zamonga faol ravishda tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Facebook’ning mahsulotlar bo‘yicha sobiq menejyeri Antonio Garsiya Martines Tinch okeanidagi oroldan sotib olgan yerida generator va quyoshli batareyalar bilan jihozlangan uy qurdi. U shuningdek ko‘p miqdorda qurol-yarog‘ ham xarid qilgan.

Reddit portali sobiq bosh direktorining ta'kidlashicha, bunkerlarda qulaylik yaratish maqsadidagi sarf-xarajatlarni tushunsa bo‘ladi.

Gazetaning yozishicha, yetakchi IT-mutaxassislar ko‘proq sun'iy ongdan qo‘rqishmoqda. The Independent’ning ta'kidlashicha, kelajakda “aqlli” qurilmalar ko‘plab ish o‘rinlarini egallashi hamda insoniyatga qarshi isyon ko‘tarishi mumkin ekan.

Top