19:29 / 26.01.2017
40502

Toshkent shahar hokimi birinchi o‘rinbosari tayinlandi

foto: Nozim Husanov

Nozim Husanov Toshkent shahar hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda poytaxt hokimiyati saytida ma'lumot berilgan.

Viloyat, shahar va tumanlar hokimiyatlari tuzilmasidagi yangi lavozim O‘zbekiston Prezidentining 22 dekabrdagi qarori bilan joriy etildi.

Nozim Husanov (1976 yilda Toshkent viloyati Zangiota tumanida tug‘ilgan) o‘tgan yilning bahor oylaridan boshlab Toshkent shahar hokimining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, xizmatlar sohasi va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelgan. 

U 2014-2016 yillarda “Mikrokreditbank” boshqaruvi raisi, 2013-2014 yillarda – Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari, 2011-2013 yillarda O‘zbekiston Markaziy banki raisi o‘rinbosari, 2010-2011 yillarda – Markaziy bank Toshkent viloyati bosh boshqarmasi rahbari bo‘lib mehnat qilgan.

Toshkent avtomobil-yo‘llari instituti (1997) va Toshkent moliya instituti (sirtqi bo‘lim, 2002) bitiruvchisi.

Top