11:34 / 26.01.2017
11114

O‘zbekiston chempionati saviyasi Ravshan Ermatov tufayli balandroq ko‘rinishi aytildi

Ayni paytda Qozog‘iston futbol federatsiyasida hakamlik departamenti rahbari hisoblangan Nikolay Levnikov mahalliy nashrlarga bergan intervyusida O‘zbekiston va Qozog‘iston chempionatini taqqoslab o‘tdi.

«O‘zbekiston chempionati Qozog‘iston birinchiligidan kuchli emas, shunchaki Ravshan Ermatovning obro‘si ularning foydasiga ishlamoqda. Aynan Ermatovning nomi tufayli ularning chempionati kuchlidek taassurot uyg‘otadi. Ravshan juda katta iqtidor egasi», degan Rossiya futbol ittifoqi hakamlar qo‘mitasi sobiq raisi.

Top