12:02 / 26.01.2017
8335

O‘zbekistonga keluvchi malayziyalik ziyoratchilar soni ortishi kutilmoqda

Malayziya turizm vaziri malayziyalik musulmon sayyohlar talab va takliflaridan kelib chiqqan holda O‘zbekiston ziyoratgohlariga safar uyushtirish masalasini ko‘rib chiqishni taklif qildi, deb xabar berdi Davlat turizm qo‘mitasi matbuot xizmati.

FITUR-2017 Xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasi doirasida Davlat turizm qo‘mitasi A.Sharapov Malayziya turizm va madaniyat vaziri Muhammad Nasri bin Abdul Aziz bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida o‘zaro manfaatli hamkorlik masalalari va Malayziya bozorida mamlakatimiz turistik salohiyatini ilgari surish muhokama qilindi.

Xususan, Malayziya turizm vaziri malayziyalik musulmonlar uchun O‘zbekiston ziyoratgohlariga tashrif buyurish masalasini ko‘rib chiqishni taklif qildi. Turizm vaziri ma'lumotiga ko‘ra, har yili taxminan 250 ming malayziyalik musulmonlar Haj va Umra ziyoratiga boradi.

G‘oya Buxoro, Samarqand, Toshkent va Shahrisabz shaharlarining katta turistik salohiyati, ko‘plab muqaddas qadamjolar, aziz avliyolar va olimu ulamolar maqbaralari borligini e'tiborga olib amalga oshirilishi mumkin va Malayziyadan mamlakatimizga kelayotgan turistlar sonini keskin oshishiga olib keladi.

Top