02:15 / 27.01.2017
14653

AQSh va Meksika chegarasida devor qurilishi qiymati ma'lum bo‘ldi

Foto: AP

AQSh hamda Meksika chegarasida devor qurilishi 12-15 mlrd dollarga tushadi. Bu haqda Respublikachilar partiyasi a'zosi Mitch Makkonnell ma'lum qildi. 

"Biz devor bilan bog‘liq masalalarni o‘zimiz hal qilmoqchimiz, prezident esa bu masalada boshqa mamlakatlarni ham jalb qilmoqchi", – dedi Makkonnell. 

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Meksika prezidenti Enrike Pena Netoga, bordiyu uning mamlakati ikki davlat o‘rtasidagi chegarada devor qurish uchun pul ajratmasa, Vashingtonga kelmaslik taklifini bildirgan. 

Top