16:55 / 27.01.2017
22282

Xavfsizlik, millatlaro totuvlik, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar belgilandi

27 yanvar kuni poytaxtimizdagi "International Hotel Tashkent" mehmonxonasida Harakatlar strategiyasining beshinchi yo‘nalishi - "Xavfsizlik, diniy bag‘rikenglik va millatlaro totuvlikni ta'minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar" taqdimoti va yakuniy matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi TIV rahbar o‘rinbosari, Prezident huzuridagi strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori, Xalqaro aloqalarning axborot-tahliliy markazi direktor o‘rinbosari va bo‘lim boshlig‘i, TIVning Shartnoma-huquq boshqarmasi boshlig‘i, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti vakili, Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati qatnashishdi.

Mazkur yo‘nalish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilangani ma'lum qilindi:

- diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni ta'minlash;
- chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat olib borish;
- davlat mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash;
- O‘zbekiston tevaragida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik mintaqasini vujudga keltirish;
- mamlakatning xalqaro nufuzini mustahkamlash.

Harakatlar strategiyasi loyihasiga bag‘ishlangan mediahaftalik 23 yanvardan 27 yanvarga qadar davom etdi. Tadbirning asosiy maqsadi - Harakatlar strategiyasi loyihalari bilan aholini yaqindan tanishtirish, bu borada ularni qiziqtirgan savollarga javob berish, mutaxassislar va keng jamoatchilik fikr-mulohazalari, taklif va izohlarni o‘rganish bo‘ldi.

Top