Londonning Dizayn muzeyida o‘tkazilgan tanlovda IKEA kompaniyasi tomonidan muhojirlar uchun vaqtinchalik boshpana loiyhasi «2016 yil dizayni» yo‘nalishida g‘olib bo‘ldi. Bu haqda Dezeen nashri xabar bermoqda.
Issiqlik izolyatsiyali yengil polimer panellar va po‘lat tutqichlardan tayyorlangan bu boshpanalar har qanday ob-havo sharoitiga mos kela oladi. bundan tashqari, undan barcha joyda foydalanish mumkin.
Hakamlar hay'atining a'zosi bo‘lmish Yana Sholtsening so‘zlariga ko‘ra, IKEA’ning ushbu loyihasi boshpana qurish uchun innovatsiya va original usularga yondashuv sabab, mazkur mukofotni qo‘lga kiritgan. Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, loyiha jahon bo‘yicha qochqinlar muammosiga qarshi kurashishda katta yordam beradi.