23:44 / 27.01.2017
4092

Hindiston shimolida yuz bergan qor ko‘chkisi qurbonlari soni 21 nafarga yetdi

Hindistonning Jammu va Kashmir shtatidagi tog‘larda yuz bergan qor ko‘chkisi oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda India Today gazetasi yozmoqda.

Voqea 26 yanvarning tunida yuz bergan. Qor ko‘chkisi, shuningdek, harbiy post va armiya patrulini ham bosib qolgan. Avvalroq ANI agentligi fojia oqibatida 10 nafar harbiy xizmatchi halok bo‘lganligi haqida xabar bergan edi.

Hindiston armiyasi vakilining xabariga ko‘ra, halok bo‘lganlarning 14 nafari harbiy xizmatchilardir. Shuningdek, Bandipor okrugida yashovchi ikki nafar odamning ham jasadi topilgan. Halok bo‘lganlardan yana ikki nafari Kupvara va Uri okruglaridan bo‘lgan odamlardir.

Qor ko‘chkisining qaytarilish xavfi borligi haqida ma'lum qilingan.

Top