18:49 / 27.01.2017
10748

Ispaniya kubogi. 1/2 finalda «Barselona» «Atletiko»ga qarshi o‘ynaydi

Ispaniya kubogi 1/2 final bosqichiga qur'a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra  «Selta», «Alaves», «Barselona» va «Atletiko» jamolari o‘z raqibini bilib olishdi. Bu haqda Tribuna.uz yozmoqda.

«Barselona» qur'aga ko‘ra, «Atletiko»ga qarshi, «Alaves» esa «Selta»ga qarshi maydonga tushadigan bo‘ldi.

«Atletiko» va «Barselona» o‘rtasidagi dastlabki uchrashuv «Visente Kalderon» stadionida bo‘lib o‘tadi. Oradan bir hafta o‘tib, «Kamp Nou»da bo‘lib o‘tadi. «Selta» esa birinchi o‘yinni o‘z uyida o‘tkazadi.

Top