11:14 / 27.01.2017
5995

NBC: Tramp hafta oxirida Putin bilan suhbatlashmoqchi

AQSh prezidenti Donald Tramp rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan kelayotgan dam olish kunlari telefon orqali muloqot qilmoqchi, deb ma'lum qildi tvitterda NBC telekanali muxbiri Xelli Jyekson.

"Ma'muriyat xabariga ko‘ra, prezident Tramp va Vladimir Putin kelayotgan dam olish kunlari telefon orqali suhbatlashadilar. Bu Tramp inauguratsiyasidan keyin Putinga ilk qo‘ng‘iroq bo‘ladi", deb yozgan muxbir.

Putin va Tramp o‘rtasida 14 noyabrda, Tramp saylovlarda g‘olib bo‘lgandan keyin telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tgan. O‘sha suhbatda rahbarlar davlatlari o‘rtasida munosabatlarni yo‘lga qo‘yishga kelishib olishgan.  

Top