07:48 / 27.01.2017
7664

Tramp Falastin uchun mo‘ljallangan pul transhini muzlatib qo‘ydi

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati Falastin hukumatiga Barak Obama tomonidan uning prezidentligining so‘nggi soatlarida ma'qullangan pul o‘tkazmasini muzlatib qo‘yganini ma'lum qildi. Bu haqda Falastindagi amaldorga iqtibos keltirgan holda The Times of Israel nashri yozmoqda.

Nashr manbasi ma'lumotlariga ko‘ra, AQSh vakillari Falastin bosh vaziri Rami Hamdallani mablag‘lar yaqin orada o‘tkazilmasligidan ogohlantirib qo‘yishgan.

AQSh Davlat departamenti avvalgi ma'muriyat tomonidan qabul qilingan qarorni ko‘rib chiqib, uni yangi ma'muriyat vazifalariga moslaydi.

Obama ma'muriyati o‘z ishining oxirgi soatlari Falastinga 221 mln dollar berishni ma'qullagandi. Sobiq ma'muriyat kongressni transh amalga oshirmoqchiligidan 20 yanvarda xabardor qilgan. Respublikachilar partiyasi vakillari bunga qarshi chiqqandilar. 

Top