23:01 / 27.01.2017
24603

Turkcha gol urish: Futbol mavsumidagi eng tushunarsiz avtogollar videosi

Internetda turkiyalik darvozabon va futbolchi bilan bog‘liq avtogol tasvirlangan rolik katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Futbol mavsumi davom etmoqda hamda o‘yinchilar ishqibozlarni hayratlantirish uchun doimiy ravishda "izlanishmoqda". 

Kun.uz mavsum uchrashuvlari davomida kuzatilgan eng kulgili va golga olib kelgan xatolar videosini e'tiboringizga havola etadi. 

"Minnesota Yunayted" darvozaboni Semmi Njok "Bornmut" bilan bahsda haqiqiy “mo‘'jiza” namoyish etdi. Balki kimdir uning qo‘lqoplariga yelim surtib qo‘ygandir? 

Avstriyalik David Alaba terma jamoada sardorlik bog‘ichini o‘ziga olib, jamoa ruhiyatini ko‘tarishga harakat qildi va o‘z darvozaboniga istalgan vaziyatda ham ishonishini ko‘rsatib berdi. Biroq darvozabon ham, ishqibozlar ham buni tushunishmadi.

Tailik darvozabonning g‘ayritabiiy gol urishi hayratlarga sabab bo‘lishi aniq.

"O‘yladi-o‘yladi, o‘yladi-o‘yladi va bu vaqtda shamol ham katta kuch bilan esib yubordi. Men esa nima haqda o‘ylaganimni ham yoddan chiqarib yubordim va biryo‘la to‘p ham kiritdim", - videodagi darvozabon Xarmsning ko‘chadagi yo‘lbars haqidagi she'rini bemalol o‘ziga moslashtirib olishi mumkin.

"Al-Tavun" himoyachisi o‘z darvozasiga to‘p yo‘llab qo‘ydi, biroq o‘z aybini tan olish o‘rniga darvozabonga baqira ketdi. "Menga to‘p uzatib, kerakli joyga turmadi – o‘zi aqli joyidami?", - degan futbolchi aftidan o‘yinchi yuqoridagi vaziyatda shunday deb o‘ylagan.

Top