07:45 / 28.01.2017
11291

Bitkoinlarga uy sotib olgan amerikalik kutilmaganda million dollar ishlab oldi

Kaliforniyalik erkak dang‘illama uy sotib olib, bir million dollar ishlab oldi. Bu haqda Bitcoin Magazine portali xabar berdi.

Erkak uyga to‘rt million bitkoin virtual valyutasi bilan to‘lovni amalga oshirishni maqsadga muvofiq deb topgan. Bitpay platformasi xodimi Sonni Singxning aytishicha, ko‘chmas mulk savdosi bilan shug‘ullanuvchi kompaniya servisga kelishuvni kuzatib borish iltimosi bilan chiqqan.

To‘lovlarni amalga oshirish jarayoni boshida bitkoin narxi taxminan 750 dollar atrofida bo‘lgan bo‘lsa, kelishuv yakunida ming dollargacha ko‘tarilib ketgan.

To‘lov uchun kerakli bo‘lgan mablag‘ miqdori kriptovalyuta qiymatining keskin oshishidan avval qayd etilgani bois kaliforniyalik erkak qo‘lida “ortiqcha” 1,3 million dollar paydo bo‘ldi.

Erkak bu pulga yangi Lamborghini avtomobilini xarid qilgan.

Ma'lumot uchun, yanvar oyi boshida bitkoin kursi 1019,94 dollarlik ko‘rsatkichni qayd etgan. Kriptovalyuta kursi 1000 dollarga so‘nggi bor 2013 yilning noyabrida ko‘tarilgandi. Bitkoinning tarixiy maksimumi esa 2013 yilning 29 noyabr kuni qayd etilgan – o‘shanda uning kursi 1242 dollarga teng bo‘lgan.

Top